Buyuk Ipak yo'lidagi yirik bozorlar kuniga 24 soat o'zining shovqinga to'la hayoti bilan yashagan. Bu butun boshli infratuzilma majmuasi hisoblangan: karvonsaroylar, savdo qatorlari, hammom, masjid va, albatta, ko'plab choyxonalar.
Choyxona haqida gap ketganda, ya’ni “Yalla” guruhi qo‘shig‘idagi, Benkov rasmlaridagi va oddiy inson ongidagi choyxona haqida so‘z yuritganimizda bu hodisa ijtimoiy-madaniy ekanligini va chuqur tarixiy haqiqatga ildiz otganligini esda tutishimiz kerak. Choyxonada faqat choy ichilmagan, u erda taqdirlar hal qilingan, munozaralar olib borilgan, she’rlar o‘qilgan, u erda ijtimoiy tarmoqlar, radio va televizor bo‘lmagani sababli odamlar bir-biri bilan bebaho bilimlar, g‘iybatlar va yangiliklar almashgan. Choyxonaga nafaqat dam olish uchun borishgan, balki bu hayotni tashkil etuvchi juda muhim marosim hisoblangan. Choyxonaga kirganingizda, ma’lum bir tarixiy davrning ijtimoiy hayotini ko‘rish mumkin edi – axir u erda barcha qatlam va kasb vakillari to‘planar edi.
Bo'zorga qadimdan butun oila bilan kelishardi. Avvalo, har bir yirik bo'zor ichida joylashgan hammomga borishardi. Keyin xotinlariga ro‘zg‘orlarni topshirib, erkaklar choyxonada choy ichish va bir haftalik yangiliklarni eshitish uchun to'planardi. Bu yerga shahar hukmdorlari qabul qilgan farmonlarni e'lon qilish uchun jarchilar, shuningdek, masxarabozlar, hunarmandlar, usta san'atkorlar kelardi. Bu yerda xo‘roz janglari, tomoshalar va boshqa madaniy tadbirlar o'tkazilardi.
Shahar forumi vazifasidan tashqari, bozordagi choyxona turli oshpazlik an'analarining markazi bo'lib xizmat qilgan — axir bu yerda turli madaniyat egalari to'planar va ularning didini e'tiborga olish muhim edi.
Ovqat rastalari — bozor «olam»ining poydevori bo‘lgan katta va qadimiy choyxonalardan biri husoblanadi.
Bugun Chorsudagi ovqat rastalariga yangiliklar yoki mish-mish eshitish uchun emas, balki eski shahar ruhini sezish uchun boriladi. Bundan tashqari avlodlarni bog‘lovchi tirik tarixni his qilish uchun.
…Yillar davomida Chorsu qiyofasi ancha o'zgardi — bu faqat mening xotiramda qolganlari. Bolalik chog'imda gumbaz qurilganini eslayman. Eski tor ko'chalarning ichkarisida qush bozori bo'lardi, u yerda hatto xo'roz va bedana urishtirishlar o'tkazilib turardi. Hozir esa yo'q. An'anaviy hunarmandchilik - mebel, beshik, sandiq yasash va boshqalar bozordan tashqariga alohida rastalarga olib chiqilgan. Ammo ular dolzarbligini yo'qotmadi. U yerda hali ham ko'plab qiziqarli narsalarni topsa bo'ladi.
Ildar Sodiqov
Hozirgi kunda ovqat rastalari Toshkentliklar va xorijiy sayyohlar uchun diqqatga sazovor joy hisoblanadi. Sayyohlarni u erga Eski shahar bo'ylab ekskursiyalar doirasida guruhlar tarkibida olib borishadi. Ilgari bu yerda bozor kunlarida dam olishgan va bo'sh vaqtini o'tkazishgan bo'lsa, endi bu ochiq osmon ostidagi muzeyga aylangan joy bo'lib, o'ziga xos mahalliy muhiti va takrorlanmas sharqona xushbo‘y hidlari bilan ajralib turadi.
Ovqat rastalari shu bilan birga, oshpazlik san’atining yodgorligidir. Bu yerda asosan ajdodlari va bobolarining retseptlari boʻyicha taom pishiradigan,
oshpazlik sirlari avloddan avlodga o'tib kelayotgan kishilar ishlaydi. Xullas, bu azaldan tez tayyorlanadigan ovqatlar bozoridir.
Shaharliklar bu yerga falsafiy mavzularni muhokama qilish uchun emas, balki oila yoki do'stlar davrasida mazasi ishonchli tanish taomlarni tanavvul qilish uchun keladi. XXI asrda o'sha qadimgi choyxonadan nima qoldi deysizmi? Bir narsani aniq ayta olamizki, bu joy hali ham hech kim sizni begona hisoblamaydigan bag'rikenglik makonidir... Bu yerda sizni issiq choy bilan tabassum qilib kutib olishadi. Qayerdan kelsangiz ham, qayerga bormoqchi bo'lsangiz ham, bu yerdan siz mehmondo'stlikni topasiz.








































