* * *
Tenge (Qozog‘iston)
Kurs: 1 USD ≈ 542,04 KZT
Hozirgi Qozog‘iston hududida
XII–XIV asrlardayoq Oltin O‘rdaning kumush tangalari zarb qilingan bo‘lib,
hozirgi pul birligining nomi “tenge” qadimgi turkiy tildagi “denga” so‘zidan
kelib chiqqan – turkiy kumush tangalar shunday atalgan (darvoqe, ruscha “dengi”
so‘zining ildizi ham shu so‘zga borib taqaladi). Sobiq Ittifoq parchalanganidan so‘ng Qozog‘iston
Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib o‘z valyutasini muomalaga kiritdi. Eski
namunadagi ilk milliy banknotalar
Buyuk Britaniyada chop etilgan, ammo ularning
dizaynini qozog‘istonlik rassomlar ishlab chiqqan.
20 000 tenge: Mustaqillik
tantanasi
● Muomalaga kiritilgan: 2022-yildan
Dizayni: Banknota dizayni milliy
valyuta muomalaga kiritilganining yigirma yilligiga bag‘ishlangan. Old tomonida “Қазақ Елі”
yodgorligi, kabutarlar — tinchlik ramzi, “Мәңгілік Ел”
g‘alaba
arkasi, gerb va bayroq bor. Orqa tomonda “Ақорда” prezident qarorgohi, parlament
va hukumat tasviri
o‘rin olgan.
5 000: Saklar uslubi va
burgut
● Muomalaga kiritilgan: 2023-yildan
● Dizayni: “Saklar” uslubi qadimgi turkiy ildizlarga ishora qiladi – oltin burgut, “shajara daraxti”, Issiq va Taldi-II qo‘rg‘onlari topilmalari,
shuningdek, “Oltin odam” tasvirlangan.
10 000: Saklar uslubi va qor qoploni (2025)
●
Muomalaga
kiritilgan: 2025-yildan
●
Dizayn: Qor qoploni, qo‘rg‘onlardan topilgan qadimiy artefakt va barchaga ma’lum naqsh – himoya, kuch va tabiat,
afsona va haqiqatni bog‘lovchi cheksizlik ramzi va DNK spiralining naqshinkor uslubi.
* * *
Kurs: 1 USD ≈ 88
KGS
MDHning
barcha valyutalari orasida aynan som sovet davridan keyingi mamlakatlar ichida
eng past yalpi inflyatsiya darajasiga ega. Pulning nomi turkiy tildagi “sof”
ma’nosini anglatuvchi som so‘ziga borib taqaladi (som altın – “sof oltin”
ma’nosini anglatadi). Bu so‘zni birinchi marta XI asrda buyuk leksikograf Mahmud Qoshg‘ariy qayd etgan.
100 som: Qo‘mizchi va GES (1995)
● Muomalada bo‘lgan: 1995–2008
● Dizayni: Qirg‘izistonning
afsonaviy xalq aqini, xonanda va
qo‘mizchi Toktogul Satilganov portreti (1864–1933) va To‘xtagul gidroelektrostansiyasi to‘g‘oni quvvatning ikki manbai sifatida keltirilgan: o‘ziga xoslikni
quvvatlantiradigan maʼnaviy va elektrik kuch.
ИБ:
Кому́з (qirg‘. komuz) — qirg‘izlarning
uzun ingichka bo‘yinli uch
torli chertma musiqa asbobi.
50 som: Oloy malikasi
● Muomalaga kiritilgan: 2024-yildan
● Dizayni: Rossiya imperiyasi bilan to‘qnashuv davrida o‘z xalqining
birligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan Oloy qirg‘izlarining yo‘lboshchisi Qurbonjon dodxoh,
shuningdek, Qoraxoniylarning O‘zgan maqbaralari mintaqadagi islom madaniyatining eng nodir yodgorliklaridan
biridir.
* * *
Kurs: 1 USD ≈ 9,43 TJS
Tojikiston
sovetlardan keyin hududda o‘z valyutasiga ega bo‘lgan so‘nggi davlat
hisoblanadi. Fuqarolar urushi tufayli 1990-yillarning boshlarida sovet,
keyinchalik Rossiya rubllari muomalada qoldi. 1995-yil may oyida birinchi
milliy valyuta – tojik rubli paydo bo‘ldi. 2000-yilda uning o‘rnini somoni
egalladi, u Tojikiston davlatining asoschisi Ismoil Somoniy nomi bilan atalgan.
Ilk somoni pullari
Germaniyadagi Giesecke & Devrient korxonasida ishlab chiqilgan va chop
etilgan. Tangalar Sankt-Peterburgda, keyinchalik Qozog‘iston zarbxonasida zarb
qilingan.
100 somoni: Tojik millatining otasi
● Muomalaga kiritilgan: 1999-yildan
●
Dizayn: banknotaning old tomonida
somoniylar sulolasining amiri, Markaziy Osiyodagi birinchi tojik davlatining
asoschisi Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad Somoniy
tasvirlangan. Uning hukmronligi (IX–X asrlar) Somoniylarning qudratli sulola
sifatida shakllanish davri va mintaqa tarixida muhim bosqich bo‘lgan. Surat
yonida 1993-yilda tasdiqlangan Tojikiston gerbi joy olgan. Pulning orqa tomonini
esa Dushanbedagi Prezident saroyi binosi bezab turibdi.
200 somoni: Stalin qatag‘onlari qurboni
● Muomalaga kiritilgan: 2010-yildan
●
Dizayni: kupyuraning
old tomonida davlat va jamoat arbobi, Tojikiston davlatchiligi asoschilaridan
biri, Tojikiston Qahramoni Nusratullo Maxsum tasvirlangan. Kompozitsiyani
sobiq Tojikiston ASSR XKS Markaziy Ijroiya qo‘mitasi binosi, sovet
davlatchiligining shakllanish davri ramziy obyekti to‘ldiradi. Teskari tomonida
Dushanbedagi Milliy kutubxona joy
olgan.
* * *
Kurs: 1 USD ≈ 3,50 TMT
“Manat” so‘zi
rus tilidan olingan, “монета” so‘zi lotin tilida
“ogohlantiruvchi” yoki “maslahatchi” degan ma’noni anglatadi.
1990-yilda
qog‘oz manat ishlab chiqarish uchun Rossiyaning “Goznak” kompaniyasi ko‘rib
chiqilgandi, biroq “suverenitetlar tantanasi” avjiga chiqqan paytda bu g‘oya
keyinga qoldirildi – tenderda oxir-oqibat Buyuk Britaniyaning De La Rue
kompaniyasi g‘olib chiqdi. Dizayn rassom Hoji Atakkayev tomonidan ishlab
chiqilgan. Dastlabki pullarning barchasi Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurod
Niyozovning portretlari bilan bezatilgandi.
500 manat: Shaxsga sig‘inish va madaniy meros
● Muomalada bo‘lgan: 1993–2009
● Dizayni: Old tomonda prezident Saparmurat Niyazov portreti va Ashxoboddagi Stalin me’morchiligining eng taniqli yodgorliklaridan biri bo‘lgan Mollanepes nomidagi Turkman drama teatri binosi tasvirlangan. Orqa tomonda – Toshhovuz viloyatidagi XIV asrning noyob me’moriy yodgorligi bo‘lgan To‘rabekxonim maqbarasi.
50 manat: Qo‘biz
yaratuvchisi
● Muomalaga kiritilgan: 2009-yildan
● Dizayni: Old tomonida turk dunyosida hurmatga sazovor bo‘lgan
donishmand, shoir va musiqachi, qo‘bizning yaratuvchisi Qo‘rqut
tasvirlangan, orqasida esa
Ashxoboddagi Turkmaniston Majlisi (parlamenti) binosi joylashgan.
* * *
Kurs: 1 USD ≈ 12422
UZS
O‘zbek so‘mi
1994-yilda paydo bo‘lib, sovet va Rossiya rubllari, shuningdek, vaqtinchalik
“so‘m-kuponlar” o‘rnini egalladi. Nomining o‘zi ham qirg‘iz somining nomi kabi turkiy
tilda “toza” degan ma’noni anglatadi. Birinchi so‘mlar sodda ko‘rinardi: hech
qanday portretlar yo‘q, faqat milliy naqsh va gerb bor edi. Dastlab ular Buyuk
Britaniya (Harrison & Sons Ltd) va Germaniya (Giesecke & Devrient) da
chop etilgan. Vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqarish “Davlat belgisi” davlat
korxonasiga ko‘chirildi.
Inflyatsiya
tez orada o‘zbek valyutasini sovet davridan keyingi mamlakatlar orasida
yetakchi o‘ringa chiqardi – 2021-yilda
chiqarilgan 200 000 so‘mlik pul MDHdagi eng yirik banknotaga aylandi.
100 so‘m: grifonlar va Xalqlar do‘stligi saroyi
● Muomalada bo‘lgan: 1994–2019
Dizayni: old tomonida mamlakat gerbi va Amudaryo xazinasidan olingan grifon (tanasi sher, boshi burgut yoki sherga o‘xshash qanotli afsonaviy mavjudot) tasviri tushirilgan bezakli bilaguzuk tasvirlangan. Orqa tomonida
1981-yilda sovet me’mori Yevgeniy Rozanov loyihasi bo‘yicha qurilgan sovet
modernizmi namunasi bo‘lgan “Xalqlar do‘stligi” saroyi
joylashgan.
200 so‘m: yo‘lbars va quyosh
● Muomalada bo‘lgan: 1997–2020
● Dizayni: old tomonining markazida ko‘k, moviy va yashil rangli sakkiz
qirrali naqshlar bilan bezatilgan davlat gerbi, orqa tomonida esa Samarqanddagi
mashhur
Sherdor madrasasining old qismi: belidan quyosh ko‘tarilayotgan yo‘lbars tasvirlangan.
200 000 so‘m: Buyuk Ipak yo‘li
●
Muomalaga
kiritilgan: 2022-yildan
●
Dizayni: old tomonida ko‘zi ojizlar uchun bo‘rtma elementli Qo‘qondagi
Xudoyorxon saroyi, orqa tomonida esa qadimgi Farg‘ona davlatining sobiq
poytaxti Axsikent shahristoni (miloddan avvalgi III asr) tasvirlangan. Markazda
anor ko‘rinishidagi Spark Live himoya elementi, uning yonida sopol idish va
miloddan avvalgi II ming yillikdagi tumor joylashgan.
Markaziy
Osiyo nafaqat Buyuk Ipak yo‘li chorrahasi, balki muomalada Xitoy tangalaridan
tortib arab dirhamlarigacha bo‘lgan ko‘plab turli valyutalarni uchratish mumkin
bo‘lgan dastlabki mintaqalardan biri edi. Qog‘oz pullar Xitoy va Oltin O‘rda ta’sirida
hozirgi Markaziy Osiyo hududida vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turgan, lekin
hech qachon o‘rnashib qolmagan: metall pullar ko‘proq ishlatilgan.
Ammo Markaziy
Osiyoning o‘z pul birliklari ham bo‘lgan: VIII asrda Buxoroda kufiy yozuvli
kumush tangalar, XIX asrda Qo‘qonda mis pullar va kumush tangalar zarb
qilingan.
1918-yilda
Xiva xonligi hukumati pul islohotini o‘tkazishga qaror qilib, kumush va mis
tangalarni muomaladan chiqardi va ularning o‘rniga kupyuralar chiqarishga qaror
qildi. Qog‘oz yetishmovchiligi sababli, kupyuralar tayyorlash uchun milliy
ipakdan foydalanilgan. Dastgohda yashil yoki qizil rangdagi ipak mato to‘qilgan,
u 15×11 sm o‘lchamdagi bo‘laklarga bo‘lingan. Barcha yozuvlar va tasvirlar
qo‘lda muhr yordamida tushirilgan. Asosan ikki xil – qora va qizil ranglardan
foydalanilgan.











