Markaziy Osiyoda qishda dam olish — bu nafaqat kam uchraydigan, balki odam gavjum bo‘lgan tog‘-chang‘ikurortlaridir. Bu, shuningdek, qo‘riqxona tabiati bilan yolg‘iz qolish imkoniyati, qorlidaralar, issiq bulo qlar,tog‘ ko‘llari va ruhlantiruvchi tog‘ manzaralarining cheksiz sarhadlari. Ushbu qo‘llanmada tekshirilgan va mashhur joylar, shuningdek, yangibarpo etilgan maydonchalari bilan o‘ziga jalb qiluvchi kutilmaganmaskanlar jamlangan.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishki turizm yo‘nalish sifatidaendigina rivojlanmoqda, shuning uchun bugungi kunda dam olishnarxlari haddan tashqari yuqori va sinovdan o‘tgan joylar tanlovinisbatan kam.
Yo‘nalishni tanlashda faqatgina sayohat byudjetini hisobga olishkerak emas. Qishki sayohatda eng muhimi xavfsizlik. Uningtamoyillariga amal qilgan holda, ishonchli turoperatorni tanlang valogistikani o‘rganing. Turistik kompaniyada tog‘larda ishlash uchunbarcha litsenziyalar, yaxshi izohlar va sertifikatlangan professional gidlar bo‘lishi kerak. Bunday mutaxassis yo‘nalishni va joyningo‘ziga xos xususiyatlarini puxta biladi, tegishli tajribaga ega, shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kursini o‘tagan.
Xuddi shunday, agar siz mustaqil sayohatni rejalashtirayotganbo‘lsangiz: ob havo ma’lumotlari, mintaqaning iqlim xususiyatlari, hududning past balandliklari, yo‘llarning holati va infratuzilmaimkoniyatlarini o‘rganing. Almashtirish uchun suv o‘tkazmaydigankiyimlar va qulay poyabzalni o‘zingiz bilan olib yuring. Eng yaxshisi, bu joylarda bo‘lgan professional sayohatchilarning bloglarinikuzating.
Zomin – o‘zbek Shveysariyasining shifobaxsh havosi
Zomin — murosasiz va murakkab logistikasiz tabiat va qulaylikdanbahramand bo‘lishni istaganlarga Markaziy Osiyoda qishki dam olishuchun ajoyib tanlov. Toshkentdan hatto aviareys ham bor.
Zomin tizmasi dekabr oyining oxiridan fevralgacha ayniqsa go‘zal: ignabargli o‘rmonlar, mashhur shifobaxsh havo, qahraton sovuqlarkuzatilmaydigan yumshoq iqlim. Bu yerda faol va xotirjam oilaviydam olish uchun barcha infratuzilma mavjud: asfaltlangan yo‘llar, sanatoriylar va tog‘ kurortlari, restoran va kafelar, zarur uskuna vajihozlar ijarasi. Eng yaxshisi, fevral oyida, bahorga yaqin borganma’qul – bu vaqtda bu yerda odam unchalik ko‘p bo‘lmaydi.
Yashash uchun ko‘pincha “Zomin” sanatoriysi (davolash dasturlari, basseyn, ovqatlanish) yoki Zomin Mountain Resort hududidagizamonaviy eko-mehmonxonalar va kottejlarni tanlashadi.
Bu yerda vaqtni qanday o‘tkazish mumkin:
Milliy bog‘ning ignabargli daraxtzorlarida sayr qilish, chana vatyubinglar (shishirilgan chana yoki balonlar)da uchish, fotosayohatlaruyushtirish, shifobaxsh tog‘ havosidan nafas olish va shunchakishahar shovqinidan dam olish mumkin. Bu yerlarda spa, hammom, tomosha maydonchalari va qishki pikniklar uchun joylar mavjud. Oiladavrasida xotirjam dam olish uchun mukammal maskan.
Toshkentdan borish yo‘li:
Jizzaxgacha samolyot yoki poyezdda, keyin avtomobilda 1,5-2 soat. Yoki Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy avtomobilda (taxminan4-5 soat). Hudud Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgani uchun yo‘ldaqo‘shimcha tekshiruvlarni hisobga olish kerak. Sayyohningpasporti/ID-kartasi bo‘lishi muhim.
Qorako‘l, Qirg‘iziston tog‘larini boricha his qilish
Markaziy Osiyo hududidagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biriQorako‘l tog‘-chang‘i bazasidan 2300-3450 metr balandlikdagiTyan-Shanning barqaror qor bilan qoplangan cho‘qqilari va sehrlimanzaralar ochiladi.
Mavsum noyabr oyining oxirida boshlanadi. Bu yerga butundunyodan sayyohlar keladi.
Toshkentdan yotib ketadigan qulay avtobusda Qorako‘lga 6 kunliksayohatlar tashkil etilgan. Bunday turning asosiy dasturiga transfer, tog‘-chang‘i uskunalari va jihozlari ijarasi, turar joy, Ala-Archa milliybog‘iga tashrif va Bishkek bo‘ylab ekskursiya kiradi.
Agar siz sayyohlar guruhi bilan bormasangiz, Qorako‘lning o‘zidayoki tog‘ liftlari yonida baza yaqinidagi mehmonxona va kottejlardajoylashishingiz mumkin.
Bu yerda vaqtni qanday o‘tkazish mumkin:
Bu yerga asosan faol dam olish uchun borishadi. Buning uchunkurortda turli trassalar, tepaga olib chiquvchi uskunalar, ayniqsajozibador bo‘lgan frirayd (tayyorlangan trassalardan tashqarida, tog‘larning tabiiy relyefi bo‘ylab chang‘i yoki snoubordda uchish)hududlar, shuningdek, jihozlarni ijaraga berish markazlari va dam olish uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma mavjud.
Qishki sport bilan shug‘ullanishni istamaganlar piyoda yoki qordayuradigan mashinalarda sayr qilishi, issiq buloqlarga va eng chiroylidaralarga borishi yoki dam olish zonalarida go‘zal manzaralarog‘ushida bir piyola choy bilan hordiq chiqarishi hamda spa-markazlarga tashrif buyurishi mumkin.
Toshkentdan borish yo‘li:
Samolyotda Bishkekka, u yerdan taksida yoki bir necha kishilikyo‘nalishli taksida 400 km yo‘l bosish kerak (bu manzarali Issiqko‘lsohili bo‘ylab 6-7 soatlik yo‘l). Kunduzi yo‘lga chiqqan ma’qul. Qorako‘ldagi ko‘plab mehmonxonalar Qirg‘iziston poytaxtidantransfer xizmatini tashkil qilishgan.
Suusamir, Qirg‘iziston -turistik yo‘nalishlardan uzoqdajoylashgan qorli vodiylar
Suusamir baland tog‘ vodiysiga haqiqiy, “bahaybat” tog‘lar hamdako‘p qor yog‘ishi va shamol yo‘qligi tufayli shakllanadigan ikkimetrli noyob Tyan-Shan qor qoplamini ko‘rishga borishadi. 2200-2600 metr tepalikda joylashgan tog‘larning xilma-xil past-balandliklari bu joyni frirayd uchun jannatmonand maskangaaylantiradi.
Suusamir tog‘-chang‘i kurortiga beg‘ubor tabiat manzaralarini orzuqilgan sayyohlar tashrif buyuradi.
Bu yerda Suuslodge tog‘ mehmonxona majmuasida yoki oddiysharoitlar hamda sport tadbirlarini tashkillashtiruvchi glamping(mehmonxona xonasining qulayligini tabiat qo‘ynida dam olishimkoniyati bilan uyg‘unlashtiradigan maskan)lar va o‘tovlarda, shuningdek, vodiydagi kichik mehmonxonalarda to‘xtash mumkin.
Bu yerda vaqtni qanday o‘tkazish mumkin:
Frirayddan tashqari, qishda Suusamirda qorda qulay bo‘lishi uchunmaxsus oyoq kiyimlarda yurishadi, qishki treking (chiroyli joylardano‘tadigan oldindan rejalashtirilgan marshrut bo‘ylab piyoda sayohat)uyushtirishadi va pechlar bilan isitiladigan an’anaviy o‘tovlardatunashadi. Qishki landshaft va ko‘chmanchi madaniyatga chuqursho‘ng‘ish uchun bu ajoyib imkoniyat.
Toshkentdan borish yo‘li:
Samolyotda Bishkekkacha, keyin taksi (g‘arbiy avtovokzalda) yokiavtomobilni ijaraga olib, Too Ashuu dovoni orqali taxminan 150-160 kilometr masofani bosib o‘tish kerak. Yo‘llar sirpanchiq bo‘lishimumkinligini hisobga olib, baquvvat mashinani tanlash maqsadgamuvofiq.
Burabay va Ridder, Qozog‘iston – taygadagi hordiq
Bu haqiqiy qishki ertakni izlayotgan va biroz uzoqroqqa borishgatayyor bo‘lganlar uchun ikkita qishki yo‘nalishdir.
Qozog‘istonning Aqmola viloyatidagi Burabay (Borovoe) milliybog‘ida yil bo‘yi ishlaydigan shu nomdagi dam olish maskani bor. Bucheksiz qorlar bilan o‘ralgan qarag‘ayzorlar muz bilan qoplanganko‘llar bilan tutashib turgan joy. Bu yerda jihozlangan so‘qmoqlar vakuzatish nuqtalari bisyor. Mehmonlar uchun tog‘ chang‘isi o‘yinlari, chana, hammom va hatto Kreshcheniye (suvda poklanish) uchunmaxsus joy mavjud. Yaxshisi, yog‘och uyni ijaraga oling, lekinmehmonxonalar ham sayyohlar xizmatida. Mashhur Shchuche ko‘liyaqinida bolalar uchun “Laplandiya” ko‘ngilochar bog‘i ochildi.
Shuningdek, bu yerda spa-salonlariga ega va xonalaridan chiroylimanzaralar ko‘rinib turadigan eng mashhur mehmonxonalardan biriRixos Borovoye oteli joylashgan. Oilaviy dam olish uchun kengtarmoqli 4 yulduzli Wyndham Garden Burabay, xizmat ko‘rsatishiyaxshi va ko‘llar yaqinida joylashgan shinam Terrassa Park Hotelva Baitas Hotel mehmonxonalari mos keladi.
Ridder — Oltoy tog‘larida ixcham yo‘nalishlar uchun “yovvoyiroq” joy. Konchilar mahallasidan paydo bo‘lgan kichik shaharcha turistlarko‘p boradigan yo‘llardan uzoqda joylashgan. Bu kurort zonasiSharqiy Qozog‘istonning qalin qor bilan qoplangan tayga o‘rmonlaribo‘lib, bu yerda tog‘ havosidan tuyib nafas olib, o‘zingizni yerningchekkasida turgandek his qilishingiz mumkin. Shahar atrofida“Edelveys” va “Stardust Camp” nomli ikkita tog‘ chang‘i kurortihamda 15 kilometr uzoqlikda “Sharqiy qutb” frirayd bazasimehmonlar xizmatida.
Bu joylarga an’anaviy kurortni sevuvchilar emas, balki qishkimanzara go‘zalligini (yorug‘likdan hayratda qolgan fotosuratchilar) yoki romantikani hush ko‘radiganlar keladi.
Shahar chekkasida Sinegor’ye yoki Altai Mountains Resort dam olish maskanlari, shuningdek, yanada qulay sharoitlariga ega Rassvetva Hotel Altay mehmonxonalari mavjud.
Bu yerda vaqtni qanday o‘tkazish mumkin:
Bu yerda frirayd bilan shug‘ullanish, tabiiy diqqatga sazovor joylarnitomosha qilish, muzda piknik uyushtirish, fotosayohatga chiqish, qishki lavstori (sevgi tarixingiz haqida romantik fotosessiya) tashkilqilish, hammomda cho‘milish va qishki baliq oviga chiqish mumkin.
Toshkentdan borish yo‘li:
Burabayga: Ostonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys, keyin esaBurabaygacha poyezd, avto yoki transfer orqali (260 kilometr) borishmumkin.
Ridderga: Ust Kamenogorskka ikkita samolyot bilan uchib kelib, manzarali yo‘ldan avtomobilda taxminan 2 soat yurish kerak.
Mazzali travel sayyohlik agentligi asoschisi va direktori AselArziyevaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidaso‘nggi yillarda tog‘oldi hududlari rivojlantirilmoqda. Chortoq, Nanay, Pop, Yangiqo‘rg‘on qishki dam olish uchun yaxshiinfratuzilmaga ega. U yerlarda kempinglar va balonlarda uchishuchun yo‘laklar mavjud. Tez orada to‘laqonli dam olish maskanlariqurilishi boshlanadi. Ko‘pchilik qish kelishi bilan Arashan ko‘llarigayo‘l oladi.
Hozir mamlakatda turizm mavsumiylikka bog‘lanib qolmasligi uchunko‘p ishlar qilinmoqda. Lekin sifat borasida intilishimiz kerakbo‘lgan jihatlarimiz bor.Bir necha yillardan buyon Farg‘ona vodiysibo‘ylab uchta mamlakatni qamrab oladigan, lekin qimmat bo‘lmagansayohatni ishlab chiqishga harakat qilyapmiz. Mazkur hududdagastronomik, madaniy va sport turizmi uchun ulkan salohiyat mavjud.
Mintaqada logistika bilan ko‘p kompaniyalar shug‘ullanmaydi, sayyohlar soniga mavjud infratuzilma va imkoniyatlar javobbermayapti, uning ustiga chegarani kesib o‘tishda transportnialmashtirishga to‘g‘ri kelyapti. Bundan tashqari, butun yo‘nalishbo‘ylab bir xil darajadagi qulaylikni ta’minlash qiyin, — deydi AselArziyeva
So‘nggi paytlarda 2-3 kunga “qorga” chiqib kelish trendga aylandi. Shu tariqa, O‘zbekistonda Sari-Chelak ko‘liga birinchi qishkiyo‘nalish ochildi – sayohat Namangandan boshlanadi va atigi uch kundavom etadi, ammo unutilmas his-tuyg‘ularni in’om etadi.
Qishki Sari-Chelak, Qirg‘iziston – qo‘riqxonalarni kashf etamiz
Sari-Chelek
– Qirg‘iziston janubidagi biosfera qo‘riqxonasi. Namangandan bor-yo‘g‘i 3
soatlik yo‘l.
Ko‘l
yozgi mavsum boshidan ko‘plab
mahalliy va o‘zbekistonlik sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi, qishda esa bu yerda
deyarli hech kim yo‘q.
Hudud
Markaziy Osiyoning eng noyob tabiiy landshaftlaridan biri – Tyan-Shan tog‘lari orasida yashiringan
bir nechta shaffof
ko‘llar tizimiga ega tog‘-o‘rmon vohasi bilan mashhur. Qo‘riqxonada chuqur daralar,
yong‘oq mevali va ignabargli o‘rmonlar bilan qoplangan tog‘ yonbag‘irlari,
noyob bioxilma-xillik mavjud. Bu yo‘nalishni hech bo‘lmaganda noyob hayvonlar
bilan uchrashish uchun ko‘rib chiqish kerak.
Yaqin-yaqingacha
bu yerlarga qishda
sayohat qilishning iloji yo‘q edi, bugungi kunda esa sayyohlarning qishda yashashi uchun barcha
sharoitlar bor.
Yo‘nalish
bo‘ylab mustaqil harakatlanishning iloji yo‘q – infratuzilma va transport
aloqalari hali rivojlanmagan.
Bu yerda vaqtni
qanday o‘tkazish mumkin:
Bu yerda o‘rmonlar mozaikasining
sokinligi va qorli cho‘qqilardan zavqlanish, xavfsiz tog‘ suqmog‘i orqali ko‘l
tizmasining birinchisiga chiqish, bug‘ular, kiyiklar, to‘ng‘izlar, qorakuzanlar kabi yovvoyi
hayvonlarni uchratish, hatto voqelik
va hamrohing bilan aloqani yo‘qotish, lekin o‘zing bilan yolg‘iz qolish imkoniyati bor.
Toshkentdan borish yo‘li:
Namangangacha
taksida borish mumkin. Namangandan guruh tarkibida mikroavtobuslarda Kosonsoy
tumanidagi Baymak posti orqali (faqat O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari
uchun ishlaydi) va u yerdan manzilgacha taxminan 3 soat.
Shahriston – Tojikiston tog‘laridagi sokinlik vohasi
Tojikistonning
go‘zal tabiati haqida afsonalar yuradi, ammo kamdan-kam sayyohlar qishda
tog‘larga borishga jur’at eta oladi.
Shahriston – Farg‘ona vodiysidagi Oyko‘l ko‘li bo‘yidagi yana
bir xushmanzara joy bo‘lib, mahalliy aholi uni “Tojikiston Shveysariyasi” deb
ataydi. Bu yerga sayohatni Toshkentdan Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga uyushtiriladigan qisqa turga
kiritish mumkin.
Bu
Xo‘janddan 100 km uzoqlikda joylashgan go‘zal tog‘lar bilan o‘ralgan vohadir.
Garchi bu yerda hali yirik xalqaro kurortlar qurilmagan bo‘lsa-da, odamlar tabiat qo‘ynida
dam olish va misli ko‘rilmagan go‘zal manzaralar va sokinlik muhitida piyoda
sayr qilish uchun kelishadi. Ammo
yuqori darajadagi qulaylik bu yerda yo‘q.
Yozda
bu yerda kempinglar
ishlaydi, sayyohlar ko‘plab chodirli lagerlar qurishadi, qish mavsumida esa
osoyishtalik hukm suradi.
Mehmonlar uchun mo‘ljallangan uyda joyni oldindan
band qilib, joylashishingiz mumkin.
Bu yerda vaqtni qanday o‘tkazish
mumkin:
Oilangiz
yoki sevimli insoningiz bilan xotirjam dam olish uchun mukammal joy.
Fotoapparat bilan uzoq sayrga chiqish yoki barbekyu tashkillashtirish mumkin.
Toshkentdan borish yo‘li:
Eng oson yo‘li
Xo‘jandga mashinada borish. Shaharda transport topish va istasangiz, gid bilan
turbazaga yetib olish qiyin emas.
Markaziy
Osiyoda qishda dam
olish tobora ommalashib borayotgan yo‘nalishdir. Hozirning o‘zidayoq u tabiat
va sukunat bilan uyg‘unlikni his qilish imkonini beradi, bu esa katta
shaharlarimizning shovqinli tomoshalaridan farqli o‘laroq juda qadrlidir. Agar siz muvaffaqiyat sari mangu poygadan charchagan
bo‘lsangiz, dam olish va yangi kuch yig‘ish uchun qishki taʼtillardan
foydalaning, bu hayot ritmini o‘zgartirish usuli, tog‘, qor, quyosh bilan
uyg‘unlikni his etish va toza havodan miriqib nafas olish imkoniyatidir.
Baʼzida
dam olish odatiy tashvishlardan qochib, hordiq chiqarish, gohida esa o‘zingizni qayta kashf etish usulidir.





