"Shamol ortidan yuguruvchi" filmidagi bosh qahramon - kichkina Amirning varraklar musobaqasida qatnashgan dastlabki sahnalarini eslasangiz kerak.  Jarohat xavfi va ishtirokchilarning haddan tashqari dunyoviy kayfiyati tufayli  bunday ko‘ngilochar o‘yinlar Afg‘onistonda taqiqqa tushdi. Varrak iplari manyovrlar paytida dushman iplarini arralash uchun maydalangan shisha va yelim aralashmasi bilan qoplanadi. Natijada osmonda faqat bitta - g‘olibning varragi qolishi kerak. O‘zbekistonning musaffo osmoni esa bunday musobaqalarni bilmaydi.
Bu yerda varrak uchirish paytida g‘olib va mag‘lublar yo‘q, faqat jarayondan zavqlanish va bahor shamoli hidi aralash bolalarcha beg'ubor hayratlanish bor.
Varraklar asli Xitoydan kelib chiqqan bo'lib, dastlab bolalar uchun o'yinchoq sifatida mo'ljallanmagan. Ular signal uzatish, harbiy kuzatuvlar va o'lchovlar uchun ishlatilgan. Faqat asrlar o'tgach, ular xalq marosimlari va bayram tadbirlarining bir qismiga aylangan. Xitoy madaniyatida varrak yer va osmon o'rtasidagi aloqa vositasi hisoblanadi, shuningdek, shamol varrak bilan birga kasallik va baxtsizliklarni olib ketishi mumkin degan ishonch mavjud. Ba'zan an'analar ajdodlarni eslash marosimlari bilan bog'liq deb hisoblanadi.
   Varrak uchirish an'anasi hali Sovet Ittifoqi davrida mavjud edi. Mehnat darslarida biz uni qo'lda mavjud materiallardan: qamishning quritilgan poyalari yoki pergamentdan yasardik. Va har safar uchirishdan oldin — u uchadimi yoki yo'qmi, degan savol tug'iladi. Muvaffaqiyatsizliklar ham, quvonchlar ham bo'lgan. Varrak uchganida bizning his-tuyg'ularimiz tavsiflab bo'lmas edi. Umuman olganda, bahorda varrak uchirish bolaligimdagi eng yorqin xotiradir. O'rik gullashi va varrak uchirish — eng yaxshi faslning boshlanishini anglatadigan ikkita voqea.

Ildar Sodiqov

Hozirgi vaqtda varrak uchirish uchun asosiy joylar   bu Xast-Imom maydoni va Chimyon tog‘lari.
Ba'zan shahar diniy hayotining markazi ustida yuzlab varraklar uchib, Islom sivilizatsiyasi markazining ulkan gumbazidan yuqoriga, quyosh botayotgan tomonga ko'tarilib, tasodifiy piyodalarni ham, bolalarni ham hayratga soladi. Beg'ubor bolalik, quvonch, o'yin sof zavqi. Buni ko'rish va qatnashish uchun nafaqat qo'shni mahallalarning bolalari, balki chekka hududlarning deyarli barcha yoshdagi aholisi ham yugurib kelishadi.
Ko'pchilik shamolni tog'lardan izlaydi, chunki tabiat qo'ynida varrak uchirish uchun kenglik bor. Ilgari bu bolalar o'yini bo'lgan bo'lsa, hozir bu ko'proq oilaviy tadbirga yoki do'stlar bilan zavqli vaqt o'tkazish usuliga aylangan.
Avvallari varraklar oddiy bo'lardi. Ularda faqat bitta narsasi bo'lardi   tortib, yubormay turadigan. Ayni damda bozorlarda va yo‘l chetida Xitoydan keltirilgan barcha turdagi, har xil rang va shakldagi, texnik jihatdan takomillashtirilgan varraklar sotiladi, masalan, kapalaklar, Barbi qo‘g‘irchoqlari, robotlar, rang-barang burgutlar, ajdarlar, hatto kimningdir yuzlari tushirilganini ham uchratish mumkin   o‘zingizga yoqqanini tanlab olasiz.
Bilaman, ba'zida maktablarda varrak uchirish kunlari ham e'lon qilinadi. Hozir men buning oilaviy an'anaga aylanishini kuzatmoqdaman. Va, ehtimol, bu eng yaxshi an'analardan biridir. U odamlarni birlashtiradi, shifobaxsh kayfiyat beradi va inson ongi va organizmini qayta tiklash imkonini beradi hamda yuqoriga - osmonga qarashga majbur qiladi.

Bir vaqtlar faqat bolalar uyini bo'lgan bu mashg'ulot, endi kattalar uchun ham dam olish va zavqli vaqt o'tkazish usuliga aylanmoqda hattoki buvi va bobolar ham bu jarayonga quvonch bilan qo'shilmoqda.

Ildar Sodiqov

Varrak uchirish chaqqonlikka o‘rgatadi, lekin tabiat kuchlarisiz hech qachon uddalay olmaysan va buni anglash insonga to‘liq berilmagan. Shuning uchun ipni mahkam ushlagancha shamol ortidan yugurish va iloji boricha varrakni qo‘yib yubormaslikka harakat qilish lozim.