Bu yilgi festivalning mavzusi ilhomlanishdir. Festival Markaziy Osiyo san’atkorlarining musiqasini ommalashtirishga qaratilgan. Ularning ba’zilari haqida so‘z yuritamiz.

Sublimation festivali 2025 – musiqiy dasturi

Jonli ijro
“Bu Qala”ommaviy madaniyat va rasmiy san’atdan farqli mustaqil ijod qiladigan O‘zbekiston rok guruhi bo‘lib, post-pank va indi-rok uslublarini mahalliy ohanglar bilan uyg‘unlashtirib, Samarqand oshini xotira va sevgi ramzi sifatida kuylaydigan jamoa.
“DSL System Live” – Toshkentning elektron birlashmasi va “ovoz laboratoriyasi”. Guruh tajribaviy relizlar, podkastlar chiqaradi hamda festivallarda chiqish qilib, ritm va ovozning yangi shakllarini tadqiq etadi.
QARAQOOM X Saya Musa
“QARAQOOM” – toshkentlik elektron va downtempo loyihasi bo‘lib, zamonaviy ovoz to‘qimalarini Markaziy Osiyo an’anaviy musiqasi unsurlari bilan mohirona birlashtiradi.
“Saya Musa” – o‘zbekistonlik qo‘shiqchi. Uning musiqasi kuchli ovozi bilan ajralib turadi. Yaqinda u sharqona ohanglar, yaqinlik va umid mavzularida tojik tilidagi yangi albomini taqdim etdi.
Q.zlar – toshkentlik musiqiy guruh bo‘lib, rep yo‘nalishida faol ish olib bormoqda. Ularning Intro (2024) va Freestyle (2025) qo‘shiqlari mashhur platformalarda chiqarilgan, videokliplari yuz minglab marta ko‘rilgan.
Sabinē X zarbli asboblar gibrid to‘plami (G‘ulomjon Muhamedjonov)
Sabinē – O‘zbekiston elektron sahnasining asosiy vakillaridan biri, dijey, prodyuser va Sublimation Lab asoschilaridan biri. U o‘zbek musiqasi aralash kuchli ovozda ijro etilgan qo‘shiqlari bilan tanilgan. Sublimation festival sahnasida milliy an’anaviy musiqa ijrochisi G‘ulomjon Muhamedjonov bilan hamkorlikda chiqish qiladi.
G‘ulomjon Muhamedjonov – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchisi, “Bahor” davlat raqs ansambli artisti. Festivalda u Sabinē DJ guruhi bilan birgalikda doira chaladi.
CÖC – “gangsta-pop” uslubida ijod qiladigan toshkentlik kichik doiralarda nom qozongan guruh. 2010-yilda tashkil topgan, 2016-yildan beri jonli sahnalarda faol qatnashmoqda. Guruh tajribalarni yaxshi ko‘radi: ularning ovozi milliy kuylar bilan uyg‘unlashgan raqsbop elektronika.
O‘tgan festivallardagi chiqishlari bilan esda qolgan jonli ijrochilar
• Hayriniso Akbarova
• Lola X Choir
• SAMRATTAMA
• Shaxriyor
Choir
Sugar Theatre
DJ set
Acid Arab – jahon elektron sahnasining yulduzlari Toshkentda ilk bor kuylashi. Sharq kuylarini texno va xaus ohanglar bilan uyg‘unlashtirgan fransuz elektron guruhi. Ularning musiqasi dunyoning eng yirik festivallarida yangrab, boshqa hech narsa bilan adashtirib bo‘lmaydigan noyob madaniyatlar, ritmlar va quvvat uyg‘unligini namoyish etadi.
AIKÒ X ayacantstop
AIKÒ - qirg‘izistonlik DJ, musiqachi va prodyuser bo‘lib, uning musiqasi orqali tribal (etnik musiqa aralash), breaks (hip-hop, rave va fankning kesishmasida tug‘ilgan musiqa), ethnotronica va klub marosimlariga meditativ-tajribaviy sayohat qilasiz.
Ayacantstop (turkmanistonlik, hozirda Berlinda) – chiqishlari texno, breykbit, elektro-pank, dram-en-beys va sharq kuylarini birlashtirgan musiqiy turkman gilamini eslatadi.
Doppi Twins – yorqin qiyofasi bilan tanilgan o‘zbek musiqiy dueti. San’atkorlar yuzlarini niqoblar bilan yashirganlari uchun ularga “O‘zga sayyoralik o‘zbeklar” laqabi berilgan. Ular g‘ayrioddiy joylarda olingan ajoyib mashap-video (ilgari mavjud bo‘lgan bir nechta bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan video manbalarni kattaroq hajmdagi bitta videoga birlashtirgan video) larni faol joylashtiradi va mashhur san’atkorlarning qo‘shiqlariga remikslar yaratadi, masalan, Shaxriyorning “Kel Money” qo‘shig‘iga.
Edigee – qozog‘istonlik prodyuser va DJ. Elektron sahna faol ishtirokchisi va DJ maktabi o‘qituvchisi.
IANIIIRON – toshkentlik DJ va prodyuser, Sublimation Lab jamoasining a’zosi. U pultda ham, festival sahnalarining texnik ta’minotida ham ishlaydi. Bir necha yil ichida Sublimation Lab va STIXIYA loyihalaridan tortib HO‘R Berlin texnomadaniyat markazigacha bo‘lgan mashhur musiqa maydonlarida chiqishlar qildi.
Josef Tumari X eenkay
Josef Tumari – toshkentlik elektron musiqachi va prodyuser. Uning musiqasi nostalgiya, ambient, elektro va texno uyg‘unligidan iborat. O‘tgan yilgi Sublimation festivalida simfonik orkestr bilan chiqqan tomoshasi eng yorqin lahzalardan biri bo‘ldi.
eenkay – DJ va prodyuser, Toshkent andegraund sahnasining faol ishtirokchisi. Uning setlari keng musiqiy diapazonni namoyish etadi, ko‘plab festivallarda qatnashgan va Rytmabadda radio shou olib boradi.
LOUD373 – qo‘qonlik prodyuserlar dueti. Ularning musiqasi texno, breykbit, dram-en-beys (1990-yillarning boshlarida Angliyada paydo bo‘lgan elektron raqs musiqasi janri)va dabstep (2000-yillarning boshlarida janubiy Londonda paydo bo‘lgan musiqiy janr)ni an’anaviy o‘zbek musiqasi, hazil-mutoyiba va vizual memlar bilan uyg‘unlashtiradi.
Malichaavangard – ijrochi o‘z uslubini xaus va hard-gruv texno aralashmasi deb ta’riflaydi. U tinglovchilarni siniq elektr ritmlari bilan to‘yintirgan holda tovush maydonlarini yaratadi.
Xyarim – toshkentlik elektron musiqachi va DJ. Uning Parkentdagi Sublimation loyihasi doirasidagi jonli chiqishi Boiler Room platformasida namoyish etildi.
Setlari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan DJlar ro‘yxati:
• Bajjo
• basic chanel
• Chloe Lula
• electrofocus
• ITNI
• Kikelomo
• KMRN
• Leona
• Less Feeling
• No Plastic
• Smirnov
• Thegarda
• Trace
HD jurnali ushbu tadbirlarni yoritib boradi.
Saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalarimizni kuzatib boring.
Sublimation Festival o‘quvchilarimiz uchun SB25HDMAG promokodi orqali 30% chegirma taqdim etmoqda.
Promokod iTicket va Sublimation Lab saytlarida amal qiladi.